Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida 2005- yili asos solingan Cron Telecom Network kompaniyasi foydalanuvchilarga Internet xizmatlarining keng ko‘lamini havola etadigan provayder sanaladi.

Cron Telecom Network kompaniyasi tarkibida 2015- yili yangi Cron Mobile Content (CMC) bo‘linmasi yaratildi. Ushbu bo‘linma abonentlarning qo‘l telefonlariga yuboriladigan matnlarni (kontent) ishlab chiqib, tarqatish (distributsiya) bilan shug‘ullanadi.

CMC bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan uyali telefon aloqasining yirik operatorlari, bank muassasalari va ommaviy Internet-resurslar bilan hamkorlik qilmoqda.

CMC bo‘linmasi faoliyatining ustuvor strategik yo‘nalishlari jumlasiga: sohaning ochiq bozoridan xabardor bo‘lib borish, qo‘l telefoniga oid ommabop dasturiy mahsulotlarni chuqur tahlil qilib, sheriklar havola etayotgan bunday xizmat turlarini daromad manbaiga aylantirishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalarni joriy etish, shuningdek, matn uzatiladigan yangi xizmat turlarini havola etish borasidagi innovatsion loyihalarni faol investitsiya qilish kiradi.

Bugungi kunda CMC bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi bozorida:

— sheriklarga ma’lumotnoma-axborot xizmati va ko‘ngil ochar xizmat turlarini havola etadigan kontent-provayder;
— qo‘l telefoniga oid xizmat turlari bilan bog‘lanish uchun yagona texnologik platformani ta’minlaydigan servis-provayder;
— SMS va IVR kabi texnologik g‘oyalarni ro‘yobga chiqarilishini tashkillashtiradigan vositachi provayder;
— o‘yin va ilovalarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot turlarini ishlab chiqaruvchi muallif sifatida faoliyat yuritmoqda.

Faoliyatning boshqa yo‘nalishlari

Biz bilan bog‘laning:

Manzilimiz: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Fidokor ko‘chasi, 7.


e-mail: cmc@cron.uz
info@cron.uz
Telefon: +99871 200-45-55