Hush kelibsiz
«Yangi Yil mo'jizalari» yangi yil aksiyasi (faqat Mobiuz abonentlari uchun).
Qisqa raqamlar: 1245 (SMS), 1425 (SMS), 555 (IVR). Promo-aksiya olib borilish davri: 2022 y. «01» dekabrdan 2022 y. «31» dekabrgacha (31sanani ham qo'shib). Promo-aksiyaning tasviri: Abonent «555 ko'ngilochar IVR portali»ga obuna bo'lib, «Yangi Yil mo'jizalari» yangi yil aksiyasining ishtirokchisiga aylanadi. Yangi yil aksiyasi «555 ko'ngilochar IVR portali»ning amaldagi va yangi ishtirokchilar orasida olib boriladi.
OFERTA
1. UMUMIY HOLAT
1.1 Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o’z ichiga olib, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o’rinlarda O’zR FK deb yuritiladi) 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu qoidalarda Mobiuz kompaniyasi abonentlari uchun «Kron Telekom Netvork» MChJ tomonidan tashkil etiladigan «Новогодние чудеса /Yangi yil mo’jizalari» aksiyasini tashkil etish va o’tkazishning boshqa muhim shartlari, ishtirok etish shartlari, G’oliblarni aniqlash va Sovrinni topshirish tartibi bayon etilgan.
1.2 «Новогодние чудеса /Yangi yil mo’jizalari» aksiyasi (keyingi o’rinlarda - «Aksiya» deb yuritiladi), rag'batlantiruvchi lotereya emas.
1.3 Aksiya reklama maqsadida, «Kron Telekom Netvork» MChJ (тм. Cron Mobile Content) kompaniyasi xizmatlarining taniqligini oshirish va abonentlarning sodiqligini qo’llab-quvvatlash uchun olib boriladi.
1.4 Aksiyani olib borish muddati (keyingi o’rinlarda - «Aksiya Davri» deb yuritiladi): 01.12.2021y. Toshkent vaqti bo'yicha 00:00:00 soatdan 31.12.2022y. Toshkent vaqti bo'yicha 23:59:59 soatgacha.
1.5 Aksiya tashkilotchisi (keying o’rinlarda - «Tashkilotchi»): «KRON TELEKOM NETVORK» MChJ
1.6 Aksiya hamkori: «UMS» MChJ
1.7 Aksiya olib boriladigan xudud – O’zbekiston Respublikasi.
1.8 Aksiyada 18 yoshga to'lgan (voyaga yetgan) barcha salohiyatli shaxslar, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, O’zbekiston Respublikasi xududida yashaydigan va doimiy ro’yxatdan o’tganlar va MobiUz («UMS» MChJ) uyali aloqa operatorning abonentlari ishtirok eta olishadi.
1.9 Aksiyada quyidagilar ishtirok etishi man etiladi:
• Tashkilotchining ishchilari, vakillari, hamda o’sha ishchi va vakillarning oila a’zolari.
• Mazkur Aksiyaning Tashkilotchisi nomidan javobgar pudratchi-kompaniyaning ishchilari, vakillari, hamda o’sha ishchi va vakillarning oila a’zolari, agar Tashkilotchi tomonidan shu maqsadlar uchun pudratchilar jalb etilgan bo’lsa.
• Aksiyani olib borishga va/yoki tashkilot etishga har qanday munosabatga ega bo’lgan shaxslar, va har qanday yuridik shaxslarning ishchi va vakillari, hamda ularning oila a’zolari.
• Agar Aksiya G’olibini aniqlashda, mazkur Qoidalarning 4-bo’limiga muvofiq bo’lgan holda, Qoidalarning mazkur punktida ko’rsatilgan shaxlardan biri G’olib bo’lgani aniqlansa, unda Tashkilotchi mazkur Qoidalarning 4.2. - 4.5. punktlariga muvofiq bo’lgan holda o’yinni qayta olib borish huquqiga ega.
1.10 Tashkilotchi o’tkazilayotgan Aksiya haqida rasmiy sayti http://cmc.uz/akciya.html , (keyingi o’rinlarda Aksiya Sayti) orqali xabar berishi mumkin yoki boshqa yo’l bilan.
1.11 Tashkilotchi Aksiya shartlariga o’zgartirishlar kirgizish va o’zgartirishlarni Aksiya Saytida e’lon qilish huquqiga ega. O’zgartirishlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, unda ular e’lon qilinganidan keyin darhol kuchga kiradi.
1.12 G’olib, ushbu Qoidalarga muvofiq, Aksiyada ishtirok etish uchun zarur choralarni bajargan Aksiya ishtirokchilari orasida aniqlanadi.
2. TERMINLAR VA TAVSIFLAR
2.1 555 ovozli portali xizmati – abonent faqat kunlik abonent to’lovini amalga oshirgan holda, qiziqarli va quvnoq odamlar bilan tanishishi mumkin, shuningdek, sevimli xit qo’shiqlarini cheklovsiz tinglashi mumkin bo’lgan xizmat.
2.2 Ishtirok etish uchun, da’vogar (keyingi o’rinlarda Da’vogar) – 18 yoshga to’lgan (voyaga yetgan) salohiyatli shaxs, O’zbekiston Respublikasi rezidenti, O’zbekiston Respublikasi xududida yashaydigan va doimiy ro’yxatdan o’tgan va MobiUz uyali aloqa operatorning abonentidir.
2.3 Aksiya ishtirokchisi (keyingi o’rinlarda Ishtirokchi) – mazkur Qoidalardagi 3.1 punktiga muvofiq bo’lgan Aksiyada ishtirok etish uchun barcha zarur choralarni bajargan da’vogar.
2.4 Noyob raqam (keyingi o’rinlarda Ishtirokchi raqami yoki kontekstdan kelib chiqqan raqam) - Ishtirokchining telefon abonent raqami.
2.5 Aksiya g’olibi o’yini (keyingi o’rinlarda O’yin) - mazkur Qoidalarning 4.1. - 4.4. punktlariga muvofiq bo’lgan holda, Aksiya G’olibini aniqlash uchun, Ishtirokchi Raqamlari tasodifiy tartibda o’ynaladigan jarayon.
2.6 Bosh sovrin – Redmi 11 E 5G mobil telefoni, rag’batlantiruvchi aksiya yakunida o’ynaladi.
3. AKSIYADA ISHTIROK ETISH
3.1 Aksiyada ishtirok etish uchun, Da’vogar MobiUz uyali aloqa operatori abonenti bo’lishi kerak, hamda quyidagilarni bajarishi kerak:
3.1.1 Bepul qisqa 555 raqamiga qo’ng’iroq qilishi kerak (Agar abonent roumingda bo’lmasa).
3.1.2 Aksiya olib borilayotgan muddat davomida, aksiya olib borish qoidalariga muvofiq 555 Ovozli portal xizmati bilan foydalanish kerak.
3.1.3 Aksiya olib borilayotgan muddat davomida (10 kun) ijobiy balansga ega bo’lish kerak.
3.1.4 Da’vogarning Aksiya bilan bog’liq barcha keyingi harakatlari, Ishtirokchi mazkur Qoidalarning barcha shartlarini to’liq va so’zsiz bilib olaganini va O’zR FKning 370-moddasi talablariga binoan qoidalarni qabul qilganligini ta’kidlaydi.
3.1.5 Xizmat kamida 10 kun yoki undan ko’proq muddatga foydalanish uchun to’lanishi kerak.
3.1.6 Mazkur Qoidalarning 3.1.1. - 3.1.5. punktlarida ko’rsatilgan harakatlar bajarilgan bo’lsa, Da’vogar Aksiya Ishtrokchisi statusini qo’lga kiritadi.
3.1.7 Aksiyada Xizmatning yangi va amaldagi foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
4 O'YIN, G'OLIBLARNI ANIQLASH VA MUKOFOTLARNI BERISH
4.1. Mukofot o’yini oyning oxirgi kunida bo’lib o’tadi. Oyning oxirgi kuni dam olish kunlarga yoki bayram kunlariga to’g’ri kelsa, u holda aksiya natijalari ushbu kunlardan so’ng, birinchi ish kunlarida, lekin keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirilmagan holda hisob qilinadi.
4.2. Aksiya G’oliblarini va o’yinni e’lon qilish jarayoni, Aksiyaning har oyi tugaganidan keyin 15 kun ichida o’tkaziladi.
4.3. O’yin, mazkur Qoidalarning 3. punktida ko’rsatilgan barcha shartlarni bajargan Raqamlarga, noyob tartib soni berilgan va tasodifiy son aniqlash maxsus tizimiga (randomizer) kiritilgan yo’l orqali olib boriladi.
4.4. Tizim tasodifiy ravishda son aniqlaydi. Tizim orqali aniqlangan o’sha songa tegishli Raqam egasi, Aksiya G’olibi sifatida e’lon qilinadi.
4.5. G’olibni e’lon qilish jarayoni, Aksiyada ishtirok etayotgan raqamga qo’ng’iroq qilish yo’li orqali amalga oshiriladi.
4.6. Tashkilotchining va/yoki Aksiya G’olibi bo’lgan Ishtirokchiga Mukofot berish bo’yicha, mazkur Aksiya olib borish uchun, Tashkilotchi tomonidan jalb etilgan boshqa shaxsning vazifasi, Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (uyali telefon raqami, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, TIN nusxasi) va Mukofot olish to’g’risidagi arizada Ishtirokchining shaxsiy imzosi olinganidan, hamda Mukofot Ishtirokchining qo’liga topshirilgandan so’ng, to’liq bajarilgan hisoblanadi.
4.7. Mazkur Aksiyada g'alaba qozongan Ishtirokchiga Mukofot Toshkent shahrida, Tashkilotchining bosh ofisi yoki g’olibga qo’shimcha xabar etilgan boshqa joyda beriladi.
4.8. Aksiya Tashkilotchisidan bog’liq bo’lmagan sharoitlar tufayli, Aksiya g’olibi bo’lgan Ishtirokchi, G’olib e’lon qilingandan 10 (o’n) kalendar kuni ichida Tashkilotchiga murojaat qilmasa, yoki boshqa yo’l orqali Mukofot olishdan bosh tortsa, mazkur fakt Ishtirokchi tomondan Mukofot olishni rad etgan hisoblanadi. Bunday holda Tashkilotchi Mukofotni o’z ixtiyorida qoldirishi yoki qaytadan tasodifiy ravishda Mukofotni o’ynashi mumkin.
4.9. G’olibning telefon raqami, ismi va u haqida boshqa ma’lumotlar maxfiy bo’lib keladi, shuning uchun uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi.
5. MAXSUS SHARTLAR
5.1. G’olib Aksiyada ko’rsatilgan Mukofotning boshqa ekvivalentini olishni talab qila olmaydi.
5.2. G’olib Mukofot ko’rinishdagi daromadni olganiga sarflanadigan soliqni (O'zR SK 178 bet 8 p.) to’lashni o’z zimmasiga oladi.
5.3. G’olib uchinchi shaxslarga uni G’olib deb aniqlashda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni berishga va/yoki g’alabasini uchinchi shaxslarga berib yuborishga haqli emas.
5.4. Aksiyada ishtirok etish, Aksiya qoidalari va shartlari bilan to’liq va shartsiz rozilikni bildiradi.
5.5. Mazkur Aksiyada ishtirok etish uchun, Ishtirokchi tomondan sarflangan xarajat va zararlarga Tashkilotchi javobgar emas.
5.6. Aksiya Saytida, Aksiya shartlari e’lon qilinganidan so’ng, Aksiya shartlari Ishtirokchi tomondan vaqtida yoki to’liq olmagani uchun, Tashkilotchi javobgar emas.
5.7. Zarur bo’lgan holda, davlat organlariga taqdim etish uchun, Tashkilotchi Aksiya Istirokchilaridan kerak ma’lumotlarni so’rash huquqiga ega.
5.8. Tashkilotchi, Aksiya Ishtirokchilarning telefon aloqasining sifati, operatorlar ishi, Internet tarmoqlar aloqasi, hamda Internet-provayderlar faoliyati sifati, va ularning uskunalar va dasturiy ta’minotlar bilan ishlashiga, hamda Tashkilotchidan bog’liq bo’lmagan boshqa sharoitlar va ular bilan bog’liq bo’lgan salbiy natijalarga javobgar emas.
5.9. Aksiya Tashkilotchisi, yoki vakolatli shaxslar, Aksiyani olib borish maqsadida, shu jumladan Aksiya Mukofotini topshirishni tasdiqlash maqsadlarida, hamda mazkur Aksiyani olib borish bilan bog’liq bo’lgan Ishtirokchilar bilan individual suhbatlashish maqsadida, Aksiyada ishtirok etish jarayonida berilgan Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqish huquqiga ega.
5.10. Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari, faqat Tashkilotchi tomonidan ishlatiladi, va Aksiya bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi. Ko’rsatilgan kelishuv, Ishtirokchi tomonidan, istalgan vaqt, Tashkilotchining maziliga, buyurtma pochta jo’natish yo’li bilan yozma xabar orqali bekor qilinishi mumkin.
5.11. Mazkur aksiyada ishtirok etish fakti, Ishtirokchi tomonidan, uning shaxsiy ma’lumotlari ishlab chiqishga berilishi, Aksiya davrida, hamda u yakunlanganidan so’ng, Mobiuz mobil operatori tomonidan SMS-xabarlar, reklama va boshqa xabarlarni olishga roziligini bildirgan bo’ladi.
5.12. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va Mukofot olish bilan bog’liq xarajatlarni (shu jumladan, mobil aloqaga, internetga, transportga sarflangan va hokazo xarajatlarni) o’z zimmasiga oladi.
5.13. Aksiya Tashkilotchisi, Aksiyaning Qoidalaridagi talablarni rioya qilmagan har qanday Ishtirokchini Aksiyadan chiqarib yuborish huquqiga ega.
5.14. Aksiyaga tegishli barcha munozarali masalalar, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Manzilimiz: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent
shahri,
Fidokor ko‘chasi, 7.
e-mail: cmc@cron.uz
info@cron.uz
Telefon:
+99871 200-45-55
© 2014 — 2018 Cron Telecom